«As-Sihoh»
Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Kuni kecha ustozlar ustozi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh asos solgan «Peshqadamlar karvoni» loyihasining bir yillik sarhisob tadbirida qatnashdim. Tadbir juda manfaatli va fayzli o‘tdi. Tadbirda bir necha ustozlar, domlalar so‘zga chiqishdi.


Jumladan, ustozimiz Anvar Ahmad hafizahulloh ham so‘zga chiqdilar. Ustoz tarixda muslima ayollarning kitobga bo‘lgan ixloslari va xizmatlarini zikr qildilar. Shunda bir ayolning 6 juzlik kitobni bir qo‘lida beshik tebratib, ikkinchi qo‘lida asarni istinsox (nusxa ko‘chirish) qilganini aytdilar. Shu kitob va ayol haqida to‘liqroq ma’lumot so‘raganlar bo‘libdi.


Mazkur kitobning to‘liq nomi: «As-Sihoh tojul-lug‘a vas-sihohul arobiyya». Kitob mavzusi: Arabcha izohli lug‘at. Kitobning muallifi: Abu Nasr Ismoil ibn Hammod Javhariy (393 hijriy sanada vafot etgan). Kitobni istinsox qilgan o‘sha ayol Maryam binti Abdulqodir. (6 hijriy asrda vafot etgan).


Maryam binti Abdulqodir «As-Sihoh»ni ko‘chirib bo‘lib oxirida shunday deb yozgan ekan:


أرجو من وجد فيه سهوا أن يغفر لي خطئي، لأني كنت بينما أخط بيميني كنت ‏أهز مهد ولدي بشمالي


«Kitobda xato topgan odamdan meni kechirishini so‘rayman. Chunki buni o‘ng qo‘limda yozib, chap qo‘limda bolamning beshigini tebratganman».


Ustoz mazkur chiqishlarida ajoyib va manfaatli ma’lumotlar ulashdilar. Xossatan, ayol-qizlarga koni foyda tavsiya va ma’lumotlar berdilar. Tomosha qilishni tavsiya qilaman. Videoda aynan ustozning nutqlariga link (https://youtu.be/mizE2H3fVs8?t=7931)


Manba: Abdulloh Rahim 

Муаллиф
Мавзуга оид мақолалар
Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳим «Етимларни то никоҳёшига етгунларича синаб туринглар. Агар уларнинг эсиҳуши давоми...

15:22 / 09.12.2016 4581
 Тез кунларда кириб келадиган Рамазон ойини кутаётган Мусулмон юртларга назар ташлаган одам бизларнинг давоми...

07:44 / 11.02.2017 4704
embedhttpsyoutu.beie5QbIFqX9Qembed

23:53 / 14.04.2018 3321
Умму Салама розияллоҳу анҳодан ривоят қилинади Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васаллам айтдилар «Ўнкунлик давоми...

22:04 / 01.01.2017 4003