Imom Abu Hanifaning faqih sifatida shakllanishida Kufa fiqhiy makatabining o’rni
Ўқиш режими + -

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.


Ozbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi 

Islomshunoslik fakulteti 4-bosqich

Islom Huquqi guruhi talabasi 

Saidhanbaleva Soliha Saidafzal qizi

saidhanbalevasoliha@gmail.com  Tel:+998901336103

 

Biz butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa, deb hisoblaymiz.

 Shavkat Mirziyoyev

   Tarixga oid yozilgan manbalarda Abu Hanifaning hayotiga tegishli ma’lumotlar yetarlicha yoritilgan. Tabaqot va tarojim haqidagi kitoblarning hech biri allomaning tarjimai holidan xoli emas. Bundan tashqari uning hayoti va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlab yozilgan mustaqil asarlarni ko‘plab topish mumkin. Qisqasini aytganda, Abu Hanifaga berilgan ta’rif va tavsiflar uning hayotidagi hamma jabhalarini qamrab olgan va tadqiqotchi bu borada yangilik qilishiga ehtiyoj qolmagan.[1] Shunday bo‘lsa ham bitiruv malakaviy ishi mavzusi Allomaning faoliyati va u kishi asos solgan Hanafiylik mazhabida sahobalarning o’rni to‘g‘risida bo‘lgani uchun uning hayoti haqida qisqacha so‘z yuritiladi va fiqh bilan shug‘ullanib, faqih va mujtahid sifatida tanilishlarida bevosita sahobalarning o’rni katta bo‘lgani ham yoritiladi.

 

Hanafiylik asoschisi Imom A’zam Abu Hanifa No’mon ibn Sobitdir. U hijriy 80-150/milodiy 699-767  yillarda hayot kechirgan.  Ko’fa shahrida  voyaga yetgan.  Xayruddin Zirikliy “Al-A’lam” kitobida Imom A’zamning otasi Sobit haqida quyidagilarni qayd etgan: “Sobitning otasi  Zutiy  Ali (r.a.)ning oldiga boradi va unga hadya berib, o’g’li Sobitning haqiga duo so‘raydi.  Ali ibn Abi Tolib uning va avlodlarining haqiga baraka tilab duo qiladi”.

Sobit solih, xudojo’y inson bo’lib voyaga yetdi.  Naql qilinishicha, Sobit Ko’fa shahrida birovning olmasidan bir tishlamni  ruxsatsiz yegani uchun egasidan halollik so‘raganida, uning imoni pok ekanini ko‘rgan olma sohibi qizini nikohlab beradi va keyinchalik bu nikoh sabab  Imom A’zam dunyoga keldi.

No’mon ibn Sobit  Ko’fa shahrida ilm ahllari orasida voyaga yetdi. Bilimi chuqur inson sifatida tanildi. O’z kasbi orqasidan kun kechirar edi. Chunki otasidan unga katta boylik meros qolgan edi va uni  tijoratga sarf etib, daromadini ilmu ma’rifat yo’lida sarf etardi.

U yoshlik chog‘idayoq ilm markazi bo’lmish Ko’fa shahrida  Qur’oni karimni yodladi  va uning  ma’nolarini fahmlashga intildi. Keyinchalik mantiq va kalom ilmi bilan shug‘ullanib, bu borada atrofdagilardan o‘zib ketdi. Fiqh ilmini ustozi Hammod ibn Abu Sulaymondan  18 yil davomida o‘rgandi. Umri davomida 55 marta haj qildi. Har bir hajda ko’plab ilm ahllari bilan muloqotga kirishdi. Natijada o’z fiqhiy mazhabiga asos soldi.

No’mon ibn Sobit tarixga ikki sharafli nom bilan kirdi.

Abu Hanifa, ya’ni  to’g‘ri yo’lda sobit turuvchilar rahnamosi. “Hanafiy” so’zining kelib chiqishi shu nomdan.

Imom A’zam, ya’ni  buyuk imom.

Imom A’zam  ham aqidaviy ta’limotga ham fiqhiy mazhabga asos soldi. U birinchi bo‘lib fiqhni boblarga bo’ldi. Aqida ilmidagi ilk asar “Al-fiqhul-akbar”, ya’ni “Katta fiqh” degan kitobni yozdi. Unda islomdagi musaffo e’tiqod ta’limoti o’z ifodasini topgan. Keyinchalik  Imom A’zamning mazkur asariga ko’plab sharhlar bitilgan.

Abu Hanifaning ilk ilmiy faoliyatlarining boshlang’ich nuqtasi Ko’fa ilm markazi bo’lgan. Sahobalardan ilk ta’limlarni ham Ko’fa shahrida olganlar. Sahoba va tobeinlarning ilmlaridan bahramand bo’lgan Abu Hanifa rohimatullohi alayhi vaqt o’tishi bilan nomlari bilan ataladigan mazhabga asos soldilar

 “Bag’dod tarixi” kitobida keltirilishicha, Abu Hanifa hukmdor Abu Ja’far Mansur huzuriga kirganida uning oldida o’tirgan Iso ibn Muso hukmdorga: “Bugungi kunda dunyoning eng yetuk olimi ushbu Abu Hanifadir”, dedi. Shunda Mansur Abu Hanifaga: “Ey No’mon! Ta’limni kimdan olgansan?”, dedi. U: “Umarning izdoshlari  orqali Umardan, Alining izdoshlari  orqali Alidan, Abdullohning izdoshlari  orqali Abdulloh ibn Mas’uddan oldim. Ibn Abbos davrida yer yuzida undan ko‘ra olimroq kishi yo‘q edi (ya’ni, ibn Abbos shogirdlaridan ham ta’lim olganliklarini aytmoqchilar)”, dedi. Shunda Abu Ja’far Mansur: “Haqiqatan ham sen o‘zingga kuchli hujjat to‘plagan ekansan”, deya e’tirof etdi. Ushbu rivoyatdan bilib olishimiz kerak bo’lgan e’tiborga loyiq jihatlardan biri Abu Hanifa r.a o’z davrida mavjud barcha fiqh maktablaridan ta’lim olgan:

Basra fiqh maktabi

Abu Ja’far ibn Mas’ud Abu Hanifadan kimdan ta’lim olgansan, degan savoliga Abu Hanifa: “Umarning izdoshlari orqali Umardan…” deb javob berdi.  Tarixdan ma’lumki Basra fiqh maktabi asoschisi Umar ibn Xattob roziyallohu anhu hisoblanadi. Umar roziyallohu anhu Basra shahriga ilm tarqatish, insonlarga Qur’ondan, Sunnatdan shariatdan ta’lim berishligi uchun kuchli sahobalarni u yerga yuborganlar. Abu Muso Ash’ariy, Anas ibn Molik, Imom Hasan Basriy,
Muhammad ibn Siyrin kabi faqihlar shular jumlasidandir. Mazkur sahobalar Basra fiqh maktabining rivojiga o’z hissalarini qo’shishgan bo’lib keyinchalik ularning ilm bulog’idan Abu Hanifa rahimatullohi alayhi kabi buyuk allomalar yetishib chiqdi.

Kufa fiqh maktabi

Abu Ja’far ibn Mas’ud Abu Hanifadan kimdan ta’lim olgansan, degan savoliga Abu Hanifa: “Alining izdoshlari orqali Alidan…” deb javob berdilar.  Ali roziyallohu anhu Umar roziyallohu anhu davrida Kufa fiqhiy maktabida ta’lim berganlar va ular bilan bir davrda mashhur sahobalardan Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu Islom ta’limoti va fiqh ilmlari bilan shug’ullanib kelishgan. Ularning fiqh ilmi borasidagi ilmlari esa izdoshlari orqali Abu Hanifa rohimatullohga yetib brogan. Ali va Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhularning Kufa fiqh maktabidagi foaliyatlari haqida tarixiy manbaalarda ma’lumotlar ko’p. Keyinchalik bu madrasadan Shurayh ibn Horis Kindiy,  Ibrohim ibn Yazid Naxa’iy, Sa’iyd ibn Jubayr kabi mashhur faqihlar yetishib chiqdi. Imom Abu Hanifa esa bevosita mazkur shaxslarning o’zidan yoki shogirdlaridan ta’lim olganliklari ularning faqih sifatida yetuk olim bo’lishlariga katta hissa qo’shgan.

Shurayh ibn Horis Kindiy. 

Shurayh ibn Horis Kindiy ham sahobalardan bo’lib ba’zi manbaalarda ul zot fors yurtlaridan ekanliklari haqidagi ma’lumotlar uchrab turadi. Shurayh ibn Horis Kindiyni sahoba bo’lganliklariga tarixchi ulamolar ittifoq qilishgan. Islomni qabul qilishlari Rasululloh salollohu alyhi vasallamga vafotlariga yaqin davrda bo’lganligiga oid ham tarixiy manbaalarda fikrlar uchraydi. Umar roziyallohu anhu davrida esa 60 yil Kufa shahrida qozilik qialdilar.  Ash'as roziyallohu anhu Ibn Sirin roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar: «Men Kufaga borganimda, fiqhda eng yaxshi bo’lgan olimlarning to'rttasi bor edi. Ular: Ubayda, Horis, keyin Alqama, keyin Shurayh.  Sha'biy aytadilar: Shurayh qozilik sohasida ularning eng bilimdoni edi.

Sa’id ibn Jubayr 

Sa’id ibn Jubayr Ali roziyallohu anhu davrida Kufa shahrida tug’ilgan. Yoshligidan ilmga muhabbat qo’yib ko’pgina sahobalardan ta’lim olgan. Qur’on ilmlarini Ibn Abbosdan o’rganib tafsirga oid o’nlab hadis rivoyat qilgan. Xasif ibn Abdurrahmon Ibn Abbosning sahobalaridan rivoyat qiladilar:  Qur’oni karimda eng ilmlisi Mujohid, hajda eng ilmlisi Ato, taloq bo‘yicha eng ilmlisi Said ibn al-Musayyib, bu ilmlarning hammasini bilimdoni esa Said ibn Jubayr edi.

Imom A’zam o’z davrining ko’zga  ko’ringan faqih va muhaddis olimlaridan ta’lim oldi. Jumladan, mashhur muhaddis Imom A’mashdan hadislarni o’rganar va yod olar edi. Imom A’mashning  oldida Abu Hanifa bir odamning fiqh borasidagi savoliga javob berdi. Shunda A’mash: “Nimaga asoslanib bunday javob berding?”, deya so‘radi. Imom A’zam: “O’zingiz rivoyat qilgan hadislarga asoslanib” deb, bir nechta hadisni sanab berdi. Imom A’ma shogirdining zakovatiga qoyil qolib: “Ey faqihlar jamoasi, sizlar tabib, biz muhaddislar esa dorishunos ekanmiz”,  dedi.

 

            Tarojim va manoqib kitoblarida bu boradagi ma’lumotlar yetarlicha. Makkiy o‘zining manoqibida Abu Hanifa ustozlarining nomlarini abjad harflari tartibida o‘n yettita sahifada keltirib o‘tgan. Ularning adadi uch mingta bo‘lib, mingtasi porlab turgan yulduz kabidirlar. Ibn Hajar Haytamiyning fikricha, uning tobein ustozlarining adadi to‘rt mingta atrofida bo‘lgan.[2] U zot juda ko‘p ustozlardan ilm o‘rgangan. Shulardan Kufalik ustozlarining ba’zilari quyidagilar: 

 

Omir ibn Sharohil Sha’biy 

 

Omir ibn Sharohil Sha’biy (vaf. 103 h.). Amiru-l-mo‘minin Umar roziyallohu anhu xalifaligining oltinchi yilida tavallud topgan. Sahobalardan besh yuztasi bilan uchrashgan.[3] Mashshur tarixchi Az Zahabiy aytadilar: U yod oluvchi imom, sinchkov fiqh, sobit va usta edi . Ibn Hajar al Asqaloniy aytdilar : «U ishonchli, taniqli va solih faqihdir.: Muhamad ibn Sirrin (u zotning quloqlari eshitmagan)  « Men Kufaga borganimda , ash-Shabining davrasi juda katta edi va mazkur davrada sahobalar ko’p edi”  deydilar.Abu Hanifa rohimatullohi alayhi ham mazkur sahobalarga dars bergan Omir Sha’biydan ilk ta’limlarini oladilar. 

 

Hammod ibn Sulaymom

            Hammod ibni Abu Sulaymon Kufiy rohimatulloh alayhi nafaqat Ko’fa shahrida balki o’sha davr musulmonlari orasidagi  fiqh ilmining yetuk olimlaridan bo’lib tanilganlar. U zot ustozlaridan o’rgangan ilmlarini to’plab shogirdlariga uzun bir vaqt mobaynida dars berdilar. Shu munosabat bilan u zotning qo’l ostilarida juda ko’plab olimlar yetishib chiqishdi. Ular ichida eng mashhuri hamda ko’zga ko’ringani Imom A’zam Abu Hanifa No’mon Ibni Sobit  rohimatulloh alayh bo’ldildar. Ibni Obidin rohimatulloh alayh shunday deydilar:

Fiqhga bo’lgan ehtiyoj insonlar uchun non kabidir. Bu bilimning urug’ini Ibni Mas’ud roziyallohu anhu ekdilar, u zot as’hobi kiromning eng faqihlaridan va eng olimlaridan hisoblanadilar. Shogirdlari Alqama rohimatulloh alayhi bu urug’ni suvlab ekin holiga olib keldilar. U zotning shogirdlari Ibrohim Nahai rohimatulloh alayh bu ekinni pishirib o’rdilar ya’ni ilmni bir joyga to’pladilar. Hammod rohimatulloh alayhi bu ekinni yanchib hirmon holatiga keltirdilar. Imom A’zam Abu Hanifa rohimatulloh alayhi bu hirmonni un holatiga olib keldilar ya’ni fiqh ilmini turli qismlarga ajratdilar. Imom Abu Yusuf undan hamir qildilar va Imom Muhammad uni pishirib odamlarga non holatida yetkizdilar. Mana shunday tayyorlangan nonni bugun insonlar yemoqdalar. Ya’ni bu ilmlarni o’rganib ikki dunyo saodatiga yetishmoqdalar.

Kufa ilm markazining yana boshqa ustozlarining ta’limi asosida Abu Hanifa rohimatullohi alayhi fiqh ilmi borasida juda katta yutuqlarga erishdilar va Kufa fiqh maktabining eng mashhur mufaqqihlaridan bir sifatida tan olinib o’z mintaqalarida yangi mazhab asoschisiga aylandilar.

 

 
 
 

[1] Ahmad ibn Muhammad Nasiruddin Naqib. Al-Mazhabul hanafiy. – Riyoz: Maktaba ar-rushd. nashr sanasi noma’lum. – B.45.

 

  

[2]Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Ali ibn Hajar Haytamiy. Al-Xayrotul hison fi manoqibi-l-imam Abi Hanifa Numon. – Bayrut: Doru-l-kutubu-l-ilmiyya, 1407 h. – B.23.  

 

  

[3]Abdurrazzoq ibn Hasan ibn Ibrohim Baytor. Hulyatul bashar fi tarixi-l-qorni-s-salisi ashara. –  Damashq: Matbatatu-t-taraqqiy, 1383. – B. 328.

 

 

 

Муаллиф
Мавзуга оид мақолалар
Банда бир неъматга шукр қилишлиги учун Аллоҳга ҳамд айтиб, ўша неъматдан Аллоҳ таолонинг ризолиги йўлида давоми...

21:26 / 19.01.2017 6096
Тўйдан кейин саодат тўла оилавий турмуш бошланди. Ҳамма нарса бирбирига муносиб эди. Яшаш жойида эру давоми...

12:16 / 10.01.2017 4208
Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳим 1. Хайбар ғазотида мусулмон қўшини сони нечта бўлган a. 1400 та b. 3000 та c. 10000 та 2. давоми...

19:50 / 20.01.2017 6495